Sport | 20:39 / 17.08.2018
9470
3 daqiqa o‘qiladi

Jakarta – 2018. Olimpiya shaharchasiga foto-sayohat

Indoneziya Osiyo qit'asida to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. An'anaga binoan, turnir davomida sportchilar maxsus olimpiya shaharchasida istiqomat qilishadi.

Foto: MOQ

Olimpiya qishlog‘ining to‘liq nomi – Athlete Village Kemayoran. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu shaharchadan fotoreportaj taqdim etdi.

Foto: MOQ

Shaharchaga kirishda maxsus akkreditatsiya markazi bor. U yerga kiruvchi OAV xodimlari aynan shu yerda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Foto: MOQ

Biroz o‘tib esa sizni nazorat o‘tkazish joyida volontyorlar kutib oladi.

Foto: MOQ

Maxsus uskuna orqali shaharchaga kiruvchilarning hujjatlari tekshiriladi.

Foto: MOQ

O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun ushbu binodan joy ajratilgan.

Foto: MOQ

Osiyo o‘yinlari timsollari

Foto: MOQ

Bu yerda esa mehmonlar xorijiy valyutani mahalliy rupiyaga ayirboshlashlari mumkin

Foto: MOQ

Shaharcha bo‘ylab yurar ekansiz, u yerda mobil aloqa kompaniyalari vakillari o‘z xizmatlarini sizga taklif etishadi.

Foto: MOQ

Sportchilar oshxonasida esa sizni bir guruh ko‘ngillilar ana shunday ehtirom bilan kutib oladilar

Foto: MOQ

«Shaharcha aholisi» shu oshxonada ovqatlanadi.

Foto: MOQ

Shaharchada baland-baland binolar ko‘p.

Foto: MOQ

Ushbu ko‘rsatkichlar orqali Milliy olimpiya qo‘mitalar ishchi guruhi shtabini topib olish mumkin

Foto: MOQ

Sportchilar uchun ajratilgan xonalar

Foto: MOQ

Jakarta shahri Olimpiya shaharchasidagi mehmonxonaning 11-qavatidan mana shunday ko‘rinadi.

Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlariga bog‘liq raqamlar:
- musobaqada 40ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi;
- sportchilar 67ta yo‘nalishda bahslarga kirishadi;
- 465ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi;
- o‘yinlarni 5000 nafardan ziyod ommaviy axborot vositalari bevosita voqea joyidan yoritib boradi;
- musobaqada 15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shaxslar ishtirok etadi;
- 13000 nafardan ziyod ko‘ngillilar mehmonlarga o‘zlarining beminnat yordamlarini ko‘rsatadilar;
- Osiyo o‘yinlari ilk marotaba ikki shaharda (Jakarta va Palembang) o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid