Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Tottenhem» peshqadam bo‘lib oldi, «Lester» ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va boshqa natijalar
Angliya Premer-Ligasida 2-turdan o‘rin olgan 3ta o‘yin yakunlandi.
«Tottenhem» o‘z maydonida «Fulhem» bilan bellashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Lukas, Triper va Keyn gollariga mehmonlar Mitrovich to‘pi bilan javob qaytarishdi. Bu natijadan so‘ng, «Tottenhem» 6 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi.
«Vest Hem» o‘z maydonida «Bornmut»ga yutqazdi. «Lester» «Vulverhempton»ni 2:0 hisobida yengib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
APL, 2-tur
18 avgust
Tottenhem – Fulhem 3:1
Gollar: 1:0 – 43 Lukas Moura, 1:1 – 52 Mitrovich, 2:1 – 74 Tripper, 3:1 – 77 Keyn.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Sanches (Dembele, 63), Devis, Alderveyreld, Lukas Moura, Eriksen, Dayyer (Lamela, 73), Alli, Tripper, Keyn (Uinks, 89).
Fulhem – Fabri, Chembers, Brayyen (Kristi, 85), Fosu-Mensa, Le Marshan, Seri, Zambo-Angissa, Kerni (Yuxansen, 73), Sessenon, Kamara (Shyurrle, 88), Mitrovich.
Everton – Sauthempton 2:1
Gollar: 1:0 – 15 Uolkott, 2:0 – 31 Risharlison, 2:1 – 54 Ingz.
Lester – Vulverhempton 2:0
Gollar: 1:0 – 29, avtogol Doerti, 2:0 – 45 Meddison.
Chetlatish: Vardi (66, Lester).
Vest Hem – Bornmut 1:2
Gollar: 1:0 – 33, penalti Arnautovich, 1:1 – 60 Uilson, 1:2 – 66 Kuk.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025