Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning “Fukusima-1” AESida sunamidan qo‘shimcha himoya o‘rnatilmoqda – OAV
Yaponiyaning avariyaviy “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida sunamidan qo‘shimcha himoya yaratilmoqda. Bu haqda Yomiuri nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, bu qo‘shimcha himoya choralaridan maqsad – stansiya energobloklari binolari yerto‘la qismida katta hajmda to‘planayotgan yuqori radioaktiv moddalarga ega suvning tashqariga chiqib ketishining oldini olishdan iborat. Agar sunami zarba beradigan bo‘lsa, bu suv okeanga tushishi mumkin. Ta'kidlanishicha, Tokyo Electric Power kompaniya-operatori yerto‘lani izolyatsiyalash bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.
AESda avariya 2011 yil martida yuz bergan. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami zarbasi sababli stansiyada energiya tejash va muzlatish tizimlari ishdan chiqqan. Natijada 3 ta energoblokda yoqilg‘i erib, u reaktorlarning himoya korpusini eritib teshgan. Bu hodisa vodorodning portlashi va katta hajmda radioaktiv moddalarning tashqariga chiqishi bilan kechgan. Bu esa stansiya atrofidagi hududning zararlanishiga olib kelgan.
Ayni vaqtda AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish, zarar yetgan hududlarni zararsizlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, stansiyani faqat 2040 yilgacha to‘liq buzib tashlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025