Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magomed Ibragimov finalga chiqolmadi
O‘zbekiston erkin kurash jamoasining eng og‘ir vazn toifasidagi vakili Magomed Ibragimov Osiyo o‘yinlari oltin medali uchun kurasha olmaydigan bo‘ldi.
97 kg vazn toifasida O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qilgan sportchi yarim finalda eronlik Alirizo Karimmashaniyga yutqazib qo‘ydi.
Bahsning birinchi raundida Eron vakili 4:2 hisobida ustun kelgandi, ikkinchi raundda esa eronlik sportchi Magomed Ibragimovning kuragini yerga tekkizib, sof g‘alabaga erishdi.



Endi Ibragimov bronza medal uchun bahslarda ishtirok etadi.
Bundan avvalroq Rashid Qurbonov ham chorak finalda imkoniyatni boy bergandi.
Finalga O‘zbekiston erkin kurash jamoasidan yagona vakil qolgan - 74 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Bekzod Abdurahmonov Qozog‘iston vakili Daniyar Kaysanov bilan oltin medal uchun kurashadi.
Mavzuga oid
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi
23:05 / 09.08.2024
Parij-2024. G‘ulomjon Abdullayev – bronza medali sohibi
21:51 / 09.08.2024