Taqiqlash bilan hech narsa hal bo‘lmaydi: Toshkentdagi tungi muassasalarga yosh bolalarni ham olib kelishmoqda
18 avgust, shanba kuni Kun.uz o‘z ekspertlaridan Toshkentdagi tungi vaqtlarda ishlaydigan ba'zi muassasalarga tashrif buyurish haqida so‘radi.
Poytaxtimizda tungi hayot qanday tashkil etilganini bilish istagi bor edi. Ekspertlar va Kun.uz muxbiri uchta muassasaga tashrif buyurdi.
Natijada, quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Umumiy ovqatlanish joyimi?
Davlat «tungi klub», «restoran», «bar», «fastfud», «choyxona», «yemakxona», «lavashxona», «lag‘mon markazi», «somsaxona» va hokazolar nima ekanini aniq belgilab olishi kerak.
Biz barcha muassasalarni «umumiy ovqatlanish joylari» bir guruhiga kirita olmaymiz.
Ekspertlar ta'kidlashlaricha, ular kirgan joy tungi klub emas, balki restoran sifat yer edi, lekin u yerda DJ ishlagan, musiqa baland yangragan va maxsus chiroqlar ishlab turgan. Kirish eshigida hech qanday qo‘riqchi yo‘q edi, biroq ba'zi odamlar shu darajada ko‘p spirtli ichimliklarni ichishganki, hattoki o‘zlarini yomon tuta boshlashgan.
Shuning uchun atamani aniqlash muhim, ya'ni agar bu yer tungi klub bo‘lsa, unda albatta qo‘riqchilar ham bo‘lishi kerak. Agar restoran bo‘lsa, muassasada baland ovozda musiqa yangramasligi va raqs maydoni bo‘lmasligi kerak. Umuman olganda, hamma narsa murakkab va aralash holatda.
Bir quti sigaret
Barcha muassasalarda tinmay sigaret chekishgan. Hid juda yomon edi. Ehtimol, bunday muassasalarda chekishni cheklash vaqti kelgandir. Aytgancha, yong‘in xavfsizligiga e'tibor berish muhim. Ekspertlardan birining aytishicha, ular o‘tirgan tungi muassasada hamma narsa yog‘ochdan qilingan bo‘lgan. Albatta, hammasi chiroyli, lekin tashrif buyuruvchilar sigareta chekib o‘tirgan. O‘z navbatida, yong‘in yuz berishi xavfi ham juda katta.
Yosh bolalar
Kichik bir muassasa, lekin tungi klub emas, yoki restoran yoki barga o‘xshash joy. Musiqa o‘ynamoqda, chiroqlar o‘chirilgan, qo‘riqchilar yo‘q, ko‘plab tashrif buyuruvchilar chekmoqda yoki spirtli ichimlik ichmoqda. Raqs maydonchasiga o‘z onasi bilan 5 yoki 6 yoshli qiz chiqadi. Ekspertning ta'kidlashicha, yosh qizchaning uyqusi kelayotgani ko‘rinib turgan, uning onasi esa allaqachon spirtli ichimlikni chegaradan oshirib yuborgan. Soat taxminan 21:45lar edi.
10 daqiqadan keyin mast holatda bo‘lgan ayolni dugonasi, 6 yoshli qizchani esa oyoqda zo‘rg‘a turgan do‘sti olib ketgan.
Aytgancha, Kun.uz ekspertlaridan biri boshqa muassasada ham ikki nafar yosh bolani ko‘rib qolgan, biroq u yerdagi muhit boshqacha edi. Yorqin chiroqlar, xotirjam musiqa, boshqaruvchi muassasa ichida chekishni taqiqlab qo‘ygan.
Ikkita joy va umuman turlicha muhit, chunki aniq qonun yo‘q.
Mana sizga litsenziyalanadigan qo‘riqlash xizmati va muayyan huquqiy normalarning yo‘qligi natijalari.
Bundan oldin Kun.uz O‘zbekistonda litsenziyalanadigan qo‘riqlash xizmatini joriy etish zarurligi haqida yozgandi. Ishonavering, xorijiy mamlakatlarda bunday muassasaga bu kichkina qizni hech qachon kiritishmagan bo‘lardi.
Bundan tashqari, bolalar bilan restoran yoki fastfudga borish mumkin, ammo bu borada ham O‘zbekistonda aniq belgilangan normalar yo‘q. Hammasi aralashib ketgan.
Yuqorida ta'kidlanganidek, agar bu restoran bo‘lsa, unda baland ovozli musiqa va diskoteka yo‘q, agar u tungi klub bo‘lsa, unda majburiy litsenziyalanadigan qo‘riqchilarga ega bo‘lishi darkor, u 18 yoki 20 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni bunday joyga kiritmasligi kerak. Darvoqe, xorijiy mamlakatlarda tungi klublarga kirishda qo‘riqchilar ba'zan 18 yoshga to‘lganiga ishonch hosil qilish uchun tashrif buyurgan shaxsning pasportini tekshirishadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston turizmni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Aholi ham uzoq ish kunlaridan keyin dam olishni xohlaydi.
Hozir taqiqlandi. Foyda nimada?
Kun.uz ekspertlari tungi muassasalarga soat 22:00gacha tashrif buyurishdi. Hamma allaqachon mast bo‘lib, sigaretlar chekib bo‘lishgan, bolalarning uyqusi kelib yotibdi, qo‘riqchilar yo‘q, singan shishalar, ba'zilarning ko‘ngli ayniyapti, baqirishmoqda, so‘kinishmoqda va h.k.
Soat 23:00gacha hamma tayyor bo‘lib bo‘lgan. 22:00dan keyin ochishni taqiqlang. Odamlar soat 18:00da keladi va soat 21:00da ketadi.
Taqiq - bu vaziyatdan chiqishning yo‘li emas
Muammoni huquqiy dastaklar va normal yo‘l bilan hal qilish kerak.
Davlatning ko‘p savollarga javob topishi muhimdir. Tungi klub yoki restoran, «oshxona» yoki «choyxona» qanday bo‘lishi kerak, qanday talablar qo‘yilishi lozim, ular qachon ochilishi va yopilishi kerak, tashrif buyuruvchilarni himoya qilish vositalari, muassasalarda chekish mumkinmi yoki yo‘qmi, o‘sha mijozlarga xizmat ko‘rsatish mumkinmi yoki yo‘qmi, mast odamlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish darkormi. Bu kabi yuzlab savollar bor. Ushbu sohani chuqur o‘rganish kerak.
Umid qilamizki, yaqin vaqt ichida hukumat yuqorida keltirilgan muammolarga yechim topadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, taqiqning foydasi yo‘q. Bizga madaniy va mantiqiy yechim kerak.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024