Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC ikki karra chempionga Nurmagomedov yoki Makgregor bilan jang bo‘yicha rad javobi berdi
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) ikki karra chempioni Jorj Sen-Per Habib Nurmagomedov - Konor Makgregor jangi g‘olibi bilan kuch sinashmaydi.
Tashkilot rahbari Dana Uaytning so‘zlariga ko‘ra, kanadalik faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlamoqda, shuning uchun unga rad javobi berildi.
«Menga bu jang qiziq emas. U biladi, unga ko‘p marotaba aytganman. Sen-Per o‘ziga ko‘p pul olib keladigan jang qidirmoqda. Bu yomon emas, u aynan shu bilan shug‘ullanishi kerak. Biroq, biz uchun bu qiziq emas. Yarim o‘rta vaznga qaytish - umuman boshqa masala. Ammo, u jang qila oladimi yoki yo‘qmi, buni bilmayman», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMA Mania.
37-yoshli Sen-Per o‘zining so‘nggi jangini Maykl Bispingga qarshi o‘tkazgan bo‘lib, g‘alaba qozongan. 2018 yil iyun oyida u o‘z faoliyatini tugatayotgani haqida e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC sobiq chempioni Nurmagomedov-Makgregor jangi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024