Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechiktirilgan Moskva-Toshkent reysi yo‘lovchilari qo‘shimcha reys bilan poytaxtga yetib kelishdi
19 avgust kuni soat 22:45da HY 602 Moskva-Toshkent reysida parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra 24 soatdan ortiq vaqtga kechiktirilgani haqidagi maqola KUN.UZ'da e'lon qilingan edi.
Unga ko‘ra, Toshkentga parvoz qilishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar noqulay sharoitlarda qolishgan - ular mehmonxona, oziq-ovqat va suv bilan bog‘liq muammolarga duch kelishgan.
KUN.UZ muxbiri "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi vakili bilan bog‘lanib, yo‘lovchilar Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys orqali poytaxtga sog‘-salomat yetib kelganliklari haqida ma'lumot oldi.
HY 602 Moskva-Toshkent reysi yo‘lovchilarining KUN.UZ'ga ma'lum qilishlaricha, ushbu yo‘nalishidagi qo‘shimcha reys "Domodedovo" aeroportidan taxminan bir soatga kechikib amalga oshirilgan va 21 avgust tongida poytaxtga yetib kelgan.
Yo‘lovchilar bunday vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida tashkilotchilarni mas'uliyatliroq bo‘lishga chaqirishmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025