Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkiston» saroyi yonida YTHga uchragan avtobusning 17 yo‘lovchisi jarohat olgan
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 20 avgust kuni soat 12.00larda Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi, 5-sonli avtobus saroyi MChJ haydovchisi, 1989 y.t. Muhammadjon Eshmatov 148-sonli “Tuzel-Jomiy” yo‘nalishida qatnovchi “Isuzu” rusumli avtobusini A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Turkiston” san'at saroyi qarshisida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton stolbaga urilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada avtobus yo‘lovchilarining ikki nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, avtobusning qolgan 15 nafar yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtobus ishtirokida YTH yuz bergani, jarohat olganlar borligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025