Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC brendining narxi 7 mlrd dollarga yetdi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Deyna Uaytning aytishicha, UFC brendining narxi 7 milliard dollarga yetdi.
«ESPN bilan besh yilga tuzilgan yiliga 1,5 milliard dollarlik shartnoma UFC brendining narxi 7 milliard dollarga yetishini ta'minladi. Bevosita moliyaviy daromaddan tashqari, biz AQShda millionlab yangi tomoshabinlarga hamda UFC’ga yangi mamlakatlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Biz yangi istiqbolli jangchilarni izlab topish, janglar o‘tkazish va sportni rivojlantirishda davom etamiz», — dedi u MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq yengil vaznda UFC chempionlik kamari uchun Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang uchun barcha chiptalar uch daqiqa ichida sotib bo‘lingani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:58 / 25.03.2025
O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
21:06 / 14.12.2024
Xitoy xalqaro brendlar uchun ortiq imkoniyatlar mamlakati emasmi?
16:41 / 31.08.2024