Jamiyat | 12:46 / 22.08.2018
4744
1 daqiqa o‘qiladi

“Qoradori-2018”: 1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi olindi

Illyustrativ foto

20 avgust kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Qoradori-2018” tadbiri o‘tkazildi. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Uning davomida fuqaro P.A. Sergeli tumani Sputnik dahasida ketayotganida, uning qo‘lidagi tselofan paketidan 1 kg. 120,78 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid