Jahon | 17:46 / 22.08.2018
5316
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston poytaxtida yerni melioratsiya qilish bo‘yicha 10ta loyiha amalga oshiriladi

Foto: farmers.kz

Qozog‘istonning Aqmola viloyatida 644 gektar maydondagi zararlangan yerning melioratsiya holatini yaxshilash bo‘yicha 10ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘limi Axborot xizmatiga asosan “Kazinform” xabar bermoqda.

Tuproq tarkibining o‘zgarishi, kon qazish, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qurilish ishlarini olib borish yerga katta ta'sir o‘tkazadi. Atrof-muhitni yaxshilash va yerning mahsuldorligini oshirish uchun melioratsiya tadbirlarini olib borish talab qilinadi.

Melioratsiya jarayoni odatda ikki: texnik va biologik bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ekologlarning aytishicha, kuchli zaharni saqlovchi yerlar holatini tiklash juda mushkul. Bunga maxsus melioratsiya tadbirlarini qo‘llash lozim. Ba'zida bu ish yillab vaqtni olishi mumkin.

Ayni kunlarda yerlarning melioratsiya holatini tiklash loyihasi ishlab chiqish va bu bo‘yicha davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish jarayoni ketmoqda. Belgilangan standartga ko‘ra, ushbu xizmat turi yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul.​
Akmola ayni paytda mamlakat poytaxti Ostona shahrining tarixiy nomlanishi bo‘lib, shahar maydoni 797,33 km​dan oshiq, deb ta'kidlanadi. Ishim daryosi bo‘yidagi ushbu shaharning atrofi deyarli bir xil darajada yastanib yotgan qumliklardan iborat.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid