Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiylar Qurbon hayiti munosabati bilan qariyalar va Mehribonlik uylaridagi bolalarni ziyorat qilishdi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Qurbon hayiti munosabati bilan Qariyalar uylarida yashayotgan nuroniylar hamda Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi.
Xususan, Jizzax shahridagi harbiy qismlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan harbiy xizmatchilar shahardagi 29-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun haqiqiy bayram uyushtirib berdi.


«Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin» shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Markaziy harbiy okrugi, Jizzax harbiy prokuraturasi vakillari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalarda vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida ma'ruzalar o‘qildi, harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi san'ati namunalaridan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Bolajonlar ham she'r aytish, raqsga tushish kabi mahoratlarini namoyish etib, mehmonlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Tadbir yakunida uyushtirilgan konsert dasturi esa barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.


Shuningdek, bolajonlarga 160dan ortiq badiiy va ertak kitoblar, maktab o‘quv qurollari topshirilgan, ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishilgan.
«Qariyalar uyida yashayotgan nuroniylar bilan dildan suhbatlar uyushtirildi. Harbiylar bayram munosabati bilan ularga qimmatbaho sovg‘alar ulashdi», deyilgan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025