Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deutsche Bank Rossiya hukumatiga tahdid qildi
Deutsche Bank'ning Londondagi bo‘linmasi Rossiya hukumatiga maktub yo‘lladi, unda «sizning firmangizdan eng so‘nggi ma'lumotlar» taqdim etish talabi qo‘yilgan. Bunga rad javobi beriladigan bo‘lsa, bank aloqalarni uzishga va'da bergan. Bu haqda «Vedomosti» gazetasi xabar bermoqda.
27 iyundagi murojaatda aytilishicha, bank Rossiya Federatsiyasi hukumatiga taqdim etiladigan xizmatlarni, shuningdek, Know your customer («o‘z mijozingni bil») amaliyoti doirasida mavjud bo‘lgan hujjatlarni tahlil qilmoqda. Bank 30 kun ichida aloqaga chiqish haqida so‘ragan, ya'ni iyul oyi oxirigacha, lekin RF hukumat bunday qilmadi. Bankning o‘zi ham muloqotga chiqmagan.
Rossiya Moliya vazirligi maktub olganini tasdiqladi, lekin boshqa banklar bunday so‘rovlarni yubormaganini ta'kidlab, izoh berishdan bosh tortdi. O‘z navbatida, Deutsche Bank vakilining aytishicha, bank Know your customer amaliyoti doirasida muntazam ravishda «butun dunyodagi barcha sheriklarni rasmiy tekshiruvdan» o‘tkazadi.
Maktubda bank Rossiya hukumati uchun qanday operatsiyalarni amalga oshirgani haqida aytilmagan. Bu davlat obligatsiyalari bilan bog‘liq bitimlar bo‘lishi mumkin. Nomi oshkor etilmagan federal amaldorning tasdiqlashicha, Deutsche Bank bir necha marta obligatsiyalar chiqaruvchi bank-tashkilotchi vazifasini bajargan va ba'zi hollarda fiskal agent bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025