Qashqadaryoda 4 nafar fuqaroning mulkini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
24 avgust kuni tuman IIBga tushgan hujjatlar ko‘ra, shu yil mart oyi boshida Raximso‘fi mahallasida yashovchi N.X., fuqaro Sh.A.ni uyi oldidagi dala maydonidan suv nasosini, aprel oyida fuqaro U.Q.ning uyi molxonasidan bir bosh qora molini, fuqaro G‘.N.ning qurilishi tugallanmagan uyini kirish darvozasini, 17 avgustga o‘tar kechasi esa O.O.ning uyi oldida joylashgan molxonasidan 27 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025