Sport | 08:47 / 25.08.2018
2999
1 daqiqa o‘qiladi

Kobi Brayant basketbolga qaytmaslikka va'da berdi

Foto: AFP

Afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant professional sportga qaytishi haqida mish-mishlarga javob berdi.

«Men hech qachon o‘yinga qaytmayman. Hech qachon. Men odamlarga siz ko‘proq narsani qilishingiz mumkin ekanligini ko‘rsatish uchun bu yerga keldim», - deya Brayantning so‘zlarini keltiradi Bleacher Report tvitter-akkaunti.

39 yoshli Brayant butun faoliyatini «Los-Anjyeles Leykers»da o‘tkazdi. Ligadagi 20 mavsum davomida u Milliy basketbol assotsiatsiyasining besh karra chempioniga aylandi va tarixdagi eng samarali o‘yinchilardan biri deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobi Brayant muvaffaqiyatli sarmoyalar tufayli 200 mln dollar ishlab olgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid