Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kumush taqinchoqlarni chegaradan paypoq ichida olib o‘tishga urinishdi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi «Shovot» chegara bojxona posti xodimlari qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini noqonuniy harakatlanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlikni fosh etishdi.
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, «Shovot» chegara bojxona postining kirish yo‘nalishida harakatlanayotgan qo‘shni davlat fuqarosi Sh.M boshqaruvida bo‘lgan «Toyota Corolla» rusumli avtomashina salonida bo‘lgan paket ichidagi buyumlar nazorat rentgen apparatidan o‘tkazilganda, paket ichidagi paypoqlar orasida kumushdan yasalgan ayollar taqinchoqlari borligi aniqlandi.
Haydovchi ushbu taqinchoqlar o‘ziga tegishli emasligini, notanish shaxsning iltimosiga binoan paypoqlarni olib o‘tayotgani, ammo ularning ichida taqinchoq borligini bilmasligini ma'lum qilgan.

Bojxona nazoratidan yashirilgan kumush metalldan yasalgan jami og‘irligi 119 gramm bo‘lgan ayollar kumush taqinchoqlari haqiqatdan haydovchiga emas, balki qo‘shni davlat fuqarosi Z.A. tegishli ekani ma'lum bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, ayrim turdagi tovarlarning bojxona to‘lovlari undirilmasdan olib kirish me'yorlariga asosan, jismoniy shaxslar o‘zlari bilan bojxona chegarasi orqali 65 grammgacha bo‘lgan qimmatbaho taqinchoqlarni bojxona to‘lovlarisiz olib o‘tishlari mumkin.
Shu sababli, fuqaro Z.Aga bojxona nazorati vaqtida aniqlangan ayollar taqinchoqlaridan 65 grammi qaytarib berildi va qolgan 54 grammiga qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, ushbu ayollar taqinchoqlari kumush taqinchoqlar deb topildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025