Jamiyat | 16:41 / 25.08.2018
22315
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston 24» telekanalida tungi klublar mavzusi muhokamaga qo‘yildi: «Bu joylar bizga kerakmi?»

«O‘zbekiston 24» telekanalida «Qarama qarshi» deb nomlangan ko‘rsatuv efirga berildi. Unda tungi klublar faoliyati tahlil qilindi. Ko‘rsatuv ishtirokchilari tomonidan tungi klublarda ro‘y berayotgan noxush holatlar, bunday muassasalarning soliqdan bo‘yin tovlayotgani, yoshlarning ma'naviyati va ongiga salbiy ta'sir ta'sir ko‘rsatayotgani haqida so‘z yuritilgan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi kameral-nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nuriddin Erkaboyevning aytishicha, tungi klublarning tushumi tahlil etilganda, amaldagisidan to‘rt barobar kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlangan. Bu — katta miqdordagi soliqdan qochish demakdir.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Oybek Mannonov esa tergov jarayonida aniqlangan holatlar haqida so‘zlab berdi.

Ko‘rsatuvda huquqni himoya qilish organlari, sportchilar, mahalla faollari, mutaxassislar tomonidan tungi klublar faoliyati va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish haqida so‘z yuritilgan. Ishtirokchilar tungi klublar faoliyatini tartibga solish, yoshlarning madaniyatini yuksaltirish borasidagi taklif va mulohazalarni o‘rtaga tashlagan. Uni quyidagi video orqali o‘zingiz ham tomosha qilib, xulosa qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid