O‘zbekiston | 08:47 / 28.08.2018
40418
1 daqiqa o‘qiladi

Mashinalarni «tonirovka» qilish bilan qaysi korxona shug‘ullanishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Depositphotos

Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni ro‘yxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ruxsatnoma Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan beriladi. 

Yengil avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ishlari “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘ladigan ma'lumotlar va hujjatlar namunasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, to‘lovning qolgan qismi qaytarilmaydi.

Mavzuga oid