Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotadan O‘zbekistonga tilanchilik bilan shug‘ullangan ikki farzandli ayol deportatsiya qilinadi
Almali tumani politsiyachilari tilanchilik bilan shug‘ullangan 28 yoshli ayolni qo‘lga olishdi. Bu haqda NewTimes.kz xabar bermoqda.
«Barcha tahdid shundan iborat bo‘lganki, u yo‘lning qatnov qismida tilanchilik bilan shug‘ullangan va yonida ikki nafar yosh bola bo‘lgan. Ayolning shaxsi aniqlanganidan so‘ng shu narsa ma'lum bo‘ldiki, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi hamda bizning mamlakatda migratsiya qonunchiligini qo‘pol tarzda buzgan holda bo‘lgan.
Dastlabki bosqichda ushbu ayolga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning «Jamoat joylarida fuqarolarga xiralik qilish» moddasiga muvofiq choralar ko‘rildi. Keyinchalik Olmaota ixtisoslashtirilgan tumanlararo ma'muriy sudi qaroriga ko‘ra u Qozog‘iston Respublikasidan vataniga chiqarib yuboriladi», - deya aniqlik kiritdi mahalliy politsiya xizmatining yuvenal bo‘limi boshlig‘i, politsiya polkovnigi Laylo Alipbayeva.
Mavzuga oid
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
17:02 / 21.05.2025
Rossiyada migrantlarni mobil ilova orqali kuzatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
11:15 / 20.05.2025
AQSh «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi bo‘yicha dastlabki migrantlarni chiqarib yubordi
10:24 / 20.05.2025