Sport | 14:50 / 29.08.2018
46855
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir oltin. Diyorbek O‘rozboyev Osiyo o‘yinlari chempioni

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston dzyudo jamoasi ilk medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirga -60 kg vazn toifasida tashrif buyurgan Diyorbek O‘rozboyev finalda yaponiyalik Toru Shishimega qarshi tatamiga chiqdi.

Murosasiz kechgan bahsda asosiy vaqtda durang natija qayd etildi. Shundan so‘ng sportchilar oltin ochko uchun kurashishdi.

Yakunda 2016 yilgi Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O‘rozboyev g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Bu oltin medal umumiy reytingda O‘zbekistonni sakkizinchi o‘ringa olib chiqdi. Endilikda oltin medallar sonini 10taga yetkazgan O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonni quvib o‘tgan.

Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov
Foto: Anvar Ilyasov

O‘zbekistonlik dzyudochilardan yana ikki nafari, -66 kg vazn toifasidagi Shahram Ahadov hamda -52 kg vazn toifasidagi Gulnoza Ziyayeva bronza medali uchun kurash olib boradi.

Mavzuga oid