Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakillari Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etadilar
Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida o‘tadigan III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi katta delegatsiya ishtirok etadi. Musobaqalarda o‘zbekistonlik 60 sportchi kurash olib boradi.
Qirg‘iziston tomonining ma'lum qilishicha, o‘yinlarda 80 ta davlatdan 2307 kishi ishtirok etishga ariza bergan.
O‘yinlarning ochilish marosimi 2 sentabrda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 8 sentabrgacha davom etadi. Musobaqalarda 37 ta sport turi bo‘yicha, jumladan ot choptirish, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, ozarboyjon kurashi, kamondan o‘q uzish, it va qushlar bilan ov qilish, ko‘pkari, sumo bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
Birinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2014 yilda Cho‘lpon otada bo‘lib o‘tgan. Unda 19 ta davlatdan sportchilar ishtirok etgan. O‘yinlarni har 2 yilda bir marta o‘tkazishga kelishilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025