1990 yildan 2017 yilgacha Markaziy Osiyoning qancha fuqarosi boshqa davlatlarga ko‘chib ketgan?
Pew Research Center tadqiqot markazi butun dunyo bo‘yicha 1990 yildan 2017 yilgacha aholi migratsiyasini tahlil qildi. Tahlildan ma'lum bo‘lishicha, Markaziy Osiyo aholisi o‘tgan yillar davomida asosan Rossiya va Ukrainaga ko‘chib ketishgan.
1990 yilda O‘zbekistonning 20 mln aholisidan 1,43 mln kishi ko‘chib ketgan. 2000 yilda mamlakatni 1,6 mln kishi tark etgan (aholi soni 24 mln). 2010 va 2017 yillarda ko‘rsatkichlar deyarli bir xil bo‘lgan. O‘zbekistonni 1,99 mln kishi tark etgan. Statistika qo‘mitasining ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 2018 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 32 900 100 kishini tashkil etadi. O‘tgan yillar davomida o‘zbekistonliklar asosan Rossiya, Ukraina va Belarusga ko‘chib ketishgan.
1990 yilda Qirg‘izistondan 520 ming kishi ko‘chib ketgan, o‘sha paytda mamlakatda 4,391 mln kishi yashagan. 2000 yilda mamlakatni 570 ming kishi tark etgan – aholi soni 4,898 mln kishi. 2010 yilda Qirg‘izistonda yashayotgan 5,448 mln kishidan 730 ming nafari ko‘chib ketgan. 2017 yilda emigrantlar soni 760 ming kishini tashkil etgan. Qirg‘izistonliklar asosan Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonga ko‘chib ketishgan.
Qozog‘istonni 1990 yilda 3 mlnga yaqin kishi tark etgan bo‘lib, aholi soni 16,35 mln kishini tashkil etgan. 2000 yilda 14,88 mln aholining 3,5 mln nafari emigrantga aylangan. 2010 yilda mamlakatni tark etganlar soni 3,81 mln kishini, umumiy aholi soni 16,32 mln kishini tashkil etgan. 2017 yilda Qozog‘istonni 4 mln kishi tark etgan. Mamlakat aholisi asosan Rossiya, Ukraina, O‘zbekistonga ko‘chib ketgan.
Tojikistonda emigrantlar soni deyarli o‘zgarmasdan kelgan. Mamlakatni 1990 yilda 540 ming kishi tark etgan bo‘lib, aholi soni 5,303 mln nafar bo‘lgan. 2000 yilda 500 ming kishi boshqa davlatlarga ko‘chib ketgan (aholi soni 6,216 mln). 2010 va 2017 yillarda 580 ming nafardan kishi emigrantga aylangan. Tojikistonliklar eng ko‘p Rossiya, Afg‘oniston va Qirg‘izistonga ketishgan.
Turkmanistonda 1990 yilda 3,668 mln aholidan 260 ming nafari emigrantga aylangan. 2000 yilda 220 ming kishi ko‘chib ketgan bo‘lib, aholi soni 4,501 mln kishini tashkil etgan. 2010 va 2017 yillarda emigrantlar soni 240 ming nafardan iborat bo‘lgan. Turkmanistonliklar asosan O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istonga ko‘chib ketishgan.
Pew Research Center tadqiqot markazining ta'kidlashicha, mazkur tahlil BMTning xalqaro migrantlar bo‘yicha ma'lumotlari asosida tayyorlangan.
Mavzuga oid
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
15:14
Markaziy Osiyoda O‘zbekistonning oziq-ovqat bo‘yicha tashqi savdosidagi yetakchi davlat aytildi
17:51 / 15.11.2024
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
17:25 / 15.11.2024