Jamiyat | 09:41 / 01.09.2018
39929
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘tinga o‘xshab tashlab ketilgan kitoblar 

Toshkent shahridagi maktablardan birida ota-onalar farzandlari uchun sotib oladigan kitoblarni o‘tinni tashlab ketganday qilib tashlab ketishdi. Bu haqda Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida ma'lum qilingan.

Fotosuratni qoldirgan foydalanuvchining ma'lum qilishicha, bu voqea poytaxtdagi 210-sonli o‘rta maktabda yuz bergan. Unda darsliklar, turli kitoblarni yuk mashinasidan xuddi o‘tinni tashlab ketganday qilib tashlashgan.

«Nahotki shu darajagacha yetib kelgan bo‘lsak?

Mayli direktor yoki o‘qituvchilarning «aqli» yetmadi va indashmadi bunga, hech bo‘lmasa haydovchi shofyor akamiz shu narsani qilishga rozi bo‘lmasalar bo‘lardi... 

MA'NAVIYaT... MA'NAVIYaT deb baqirishni bilamiz ommaga chiqib, mana Ma'naviyat qayerdan boshlanadi...

Direktor yoki o‘qituvchida, maktabda hali rivojlanmagan MA'NAVIYaT, ko‘chada o‘zidan o‘zi paydo bo‘lsinmi?! 

Sherzod Shermatov bu bema'nilik bee'tibor qolib ketmasin ILTIMOS!» - deb yozgan foydalanuvchi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati ushbu holatdan darg‘azab bo‘lishgan.

«Savol, mashinaga qanday yuklashgan ekan kitoblarni?» - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

«Maktabda ayollar bo‘lsa, yordamlashadigan mard ERKAKni qayerdan topishadi», - deb yozadi boshqa bir foydalanuvchi.

«Yangicha kutubxonami debman», - deya fikr qoldirgan foydalanuvchilardan biri. 

«Afsus... Ma'naviyatning buyuk cho‘qqisiga yetib kelibmiz. Nimani xor qilsak shunga zor bo‘lamiz. Bilimga zor bo‘lishimiz bu aniq...», - deydi yana bir foydalanuvchi.

Mavzuga oid