Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organi va Xalq qabulxonasiga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, pul so‘ragan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
24 avgust kuni Nishon tumanida yashovchi S.L. ismli ayol viloyat IIBga murojaat qilib, Qarshi shahrida yashovchi X.S., uning o‘g‘li A.Q.ni tanishlari orqali 1000 AQSh dollari evaziga ichki ishlar organlariga yoki 500 AQSh dollari evaziga xalq qabulxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytganini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida X.S. 1000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
13:05 / 14.04.2025