Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov kun jangida qozog‘istonlik raqibni mag‘lub etdi
Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston vakillarining mutlaq ustunligida yakunlandi.
-75 kg vazn toifasidagi final bahsida Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abilxan Amankulga qarshi chiqdi va 3:2 (27:28, 27:28, 28:27, 29:26, 28:27) hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari oltin medaliga ega chiqdi.



Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo o‘yinlarida 5ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Bungacha Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-64 kg) va Bobousmon Boturov (-69kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishgandi. Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) va Shunqor Abdurasulov (-60 kg) esa finalda yutqazishdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallar sonini 20taga yetgan. Umumiy reytingda 68 medal (20 oltin, 23 kumush va 25 bronza) bilan O‘zbekiston beshinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
20:49 / 02.12.2024