Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya gipertovushli qurol yaratganini tasdiqladi
Yaponiya mudofaa vazirligi kunchiqar mamlakatda mintaqadagi o‘ta beqaror vaziyat sababli gipertovushli qurol majmuasi yaratilganini tasdiqladi.
Mudofaa vazirligi bu qurol yaratilgani haqida har yillik rasmiy hisobotida ma'lum qilgan. “Yaponiyaning atrofini o‘rab turuvchi muhit xavfsizligi masalasi borgan sari jiddiylashib bormoqda. Shu bilan birga turli muammolar va izdan chiqaruvchi omillar borgan sari o‘tkirlashib bormoqda”, deb aytilgan mudofaa vazirligi chop etgan “Oq kitob”da.
Yangi qurolni zarurat bo‘lganda ba'zi orollarni himoya qilish uchun qo‘llash rejalashtirilgan.
Gipertovushli qurol deb, nishonga yaqinlashish uchun zarur bo‘lgan vaqtning katta qismi davomida gipertovushli tezlikni qo‘llab-quvvatlay oladigan majmualarga aytiladi.
Bunday qurol nafaqat tez, balki harakatchan bo‘lishi nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025