Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters jurnalistlari Myanmadagi hodisalarni yoritganidan so‘ng 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Myanmadagi sud Reuters axborot agentligining ikki nafar jurnalistini yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Jurnalistlar rohingya milliy ozchilik vakillarining ahvolini yoritishgan. Ular noqonuniy ravishda yashirin ma'lumot olishda aybdor deb topildi. Xususan, sudning fikriga ko‘ra, agentlik xodimlari Myanmada rohingya musulmonlari bilan aloqador hodisalarni yoritishda davlat sirlari haqidagi qonunni buzganlar. Prokurorlar ma'lumotiga ko‘ra, muxbirlar maxfiy davlat hujjatlarini o‘zlashtirgan.
Qamoq jazosiga hukm etilgan 32 yoshli Va Lon va 28 yoshli Soye Oo Myanma fuqarolari sanaladi. Jurnalistlar 2017 yilning dekabr oyida qo‘lga olingan. Reuters bosh muharriri Stiven Adler buni «butun dunyoda matbuot uchun achinarli kun», deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq musulmonlar genotsidida ayblangan Myanma harbiylari «VKontakte»dan «boshpana» topgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
08:18 / 26.12.2022