Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ichki ishlar organlari xodimiga tan jarohati yetkazishdi
31 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi D.G. uyida janjal qilayotganligi haqidagi xabarga asosan voqea joyiga yetib kelgan 3 nafar Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari fuqaro D.G.ni tartibga chaqirgan vaqtlarida u uyidan pichoq olib chiqqan va xodimlarni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.
Shuningdek, ularga faol qarshilik ko‘rsatib, bir nafar xodimning yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025