Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanida «Damas» ichidan yirik miqdordagi pullar o‘g‘irlab ketildi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2 sentabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Zargarlik ko‘chasida Chilonzor tumanida yashovchi S.N. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashina oynasi ochiq qolganligidan foydalanib, uning salonidan 8 mln so‘m puli va 100 AQSh dollari bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan B.A. sodir etganligi aniqlanib, ko‘lga olingan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
11:16 / 24.05.2025