Sport | 12:53 / 04.09.2018
21298
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Erdo‘g‘an bilan suratga tushgan o‘yinchilardan nega xafa bo‘lishgani ma'lum qilindi

Foto: DPA

Germaniya futbol uyushmasi (DFB) rahbari Raynxard Grindel milliy terma jamoadan ketgan Mesut O‘zil bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi.

Jahon chempionati-2018 boshlanishidan oldin O‘zil va yarim himoyachi Ilkay Gundo‘g‘an keskin tanqidga uchradi, bunga futbolchilarning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan birga tushgan surati sabab bo‘ldi. Jahon chempionatidan keyin O‘zil milliy terma jamoadagi faoliyatini tugatishi haqida ma'lum qildi.

«Biz hurmat, bag‘rikenglik, halol o‘yin, so‘z va matbuot erkinligi tarafdorimiz. Erdo‘g‘an bilan bu surat bizning ishqibozlarni xafa qildi, sababi Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an bu qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlamaydi», - deya Grindelning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zil mojarosida Klopp Erdo‘g‘anni ayblab chiqqandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid