Jamiyat | 19:19 / 04.09.2018
21461
5 daqiqa o‘qiladi

Qurilish jarayonlarida quruvchilar xavfsizligini ta'minlash uchun nima qilish kerak?

Dunyodagi osmono‘par binolar qanday barpo etiladi?

Albatta, bu birinchi navbatda mohir me'morlarning tafakkur mahsuli bo‘lsa, keyingi o‘rinda usta quruvchilarning mashaqqatli mehnat natijasi hisoblanadi.


Dunyodagi barcha davlatlar ham shahar va boshqa aholi yashash manzilgohlariga o‘ziga xos ulug‘vorlik beruvchi bunday binolar qurilishiga alohida e'tibor qaratadi. Sababi, dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kirishda davlat tashkiloti muassasalari va aholi uchun qulay turar joy binolarining mavjudligi muhim omildir.

O‘zbekistonda ham qurilayotgan bino va inshootlar me'morchiligiga alohida e'tibor qaratilishi natijasida ushbu yo‘nalish so‘nggi yillardagi eng tez o‘sayotgan sohalardan biriga aylandi.

Bugun yurtimizdagi qaysi manzilda bo‘lmang albatta qurilish va bunyodkorliklar ustidan chiqasiz.

Qurilish, me'morchilik haqida gap ketar ekan, unda quruvchilar mehnati va xavfsizligini alohida ta'kidlash lozim.

Afsuski, bugungi kunda ko‘pchilik qurilish jarayonlarida ishchilarning hayot xavfsizligi to‘la ta'minlangan, deb bo‘lmaydi. Biz 20-30 metr balandlikda ham quruvchilarning ishonchsiz havozalar ustida, o‘ta xavfli sharoitda mehnat qilayotganiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz.

Biz yuqorida osmono‘par binolarning ahamiyati xususida fikr bildirdik, ammo shuni ham ta'kidlash kerakki, hech bir bino qurilishi inson hayotini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi. Aytingchi, siz o‘zingiz yoki yaqinlaringizni qurilish jarayonlarida 20-30 metr balandlikdagi xavfsizligi ta'minlanmagan havozalar ustida ishlashiga rozi bo‘larmidingiz?

 

Respublikamizda barcha faoliyat turlari uchun mehnat xavfsizligi qoidalari belgilangan.
Shu nuqtai nazardan baholaganda ham quruvchilarning hayot xavfsizligi qurilish tashkilotlarini jiddiy o‘ylantirishi kerak.

 Bugun biz sizga taklif etayotgan, qurilish ishlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan “OZLER” qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlari barcha turdagi qurilish ishlarida ishchilarning xavfsizligini ta'minlaydi.

Ushbu qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlari Turkiyada ishlab chiqariladi. Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridagi qurilish ishlarida ham bu havoza (lesa) va qoliplaridan (opolubka) keng foydalanilmoqda.

Xo‘sh, “OZLER” qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlari nimasi bilan dunyo quruvchilarini o‘ziga jalb etgan?

Quruvchilar xavfsizligining ta'minlanishi.

“OZLER”  qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlari qurilish jarayonlaridagi xavfsizlik standartlariga to‘liq javob beradi.

Jumladan,  ushbu havozalarning chetki qismi quruvchilarning bel, tizza va to‘piq a'zolari balandligida to‘siqlar bilan o‘ralgan, qurilishni boshlash jarayonida mustaxkam o‘rnatiladi va unda har qanday balandlikda ham xavfsiz ishlash imkoniyati bor.

Bugungi kunda barcha turdagi zamonaviy binolar qurilishini ushbu qolip va xavfsiz havozalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jumladan, O‘zbekistonda shu kunga qadar eng yirik qurilish sifatida baholanayotgan “Tashkent City” majmuasi qurilishida ham ushbu qolip va havozalardan foydalanilmoqda.
 


Qurilish ishlarini tez va sifatli yakunlash imkoniyati.

Xalqimizda “ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur”, degan naql bor. “OZLER”  qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlari bilan quruvchilarning mashaqqatli ish jarayoni osonlashadi. 

 Kompaniya tomonidan monolit pol quyma, turli hajmdagi ustun (kolonna) quyish va har qanday kattalikdagi devor yoki fundamentlar uchun panel qoliplari (opalubka) tayyor holatda qurilish maydoniga yetkazib beriladi.

Tizimning asosiy ramkasida Yevropada ishlab chiqilgan yuqori kuchga ega profil ishlatiladi. Panel qolipning yuzasida yukori bosimga chidamli maxsus fanerlardan (plywood) foydalaniladi. Bu esa quruvchilarni qolip o‘rnatishdagi ortiqcha qiyinchilik, vaqt yo‘qotishlar va beton quyishdan keyingi sifatsiz natijadan saqlaydi.

Ushbu qolip va havozalarni qanday qurilishlarda ishlatish mumkin?


“OZLER”  qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlarini katta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, korxona va tashkilot binolari, har hil shakldagi turar joy binolari, hovuz va basseynlar qurilishida ishlatish mumkin.

Qolip va xavfsiz havoza tayanch tizimlari sotiladi hamda ijaraga beriladi. Maxsus reja asosida qurilayotgan binolar uchun buyurtma qilingan  qoliplar 15 kun muddatda qurilish joyiga yetkazib beriladi.

Murojaat uchun telefon:

☎️+998(94) 600-15-11

Telegram +998(94) 600-15-11

reklama huquqi asosida

Mavzuga oid