Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida yo‘lovchi o‘zaro janjal sabab haydovchiga pichoq urdi
Joriy yilning 3 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi Yu.G. mast holda shu tumanda yashovchi D.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida haydovchining ko‘krak qismiga pichoq urib jarohat yetkazgan.
Natijada D.M. kasalxonaga yotqizilgan. Yu.G. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025