FeTO terrorchilik tashkiloti Qirg‘izistonda kuchli pozitsiyalarga ega – Erdo‘g‘an

Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qirg‘izistonda “Fathullachilar terrorchilik tashkiloti” (FeTO) kuchli pozitsiyalarga egaligini aytdi. Sabah nashrining xabar qilishicha, Erdo‘g‘an bu haqda Qirg‘izistondagi safardan qaytayotganda samolyotda jurnalistlarga aytib o‘tgan.
“Afsuski, Qirg‘izistonda jiddiy darajada FeTO faoliyat yuritadi. Ular davlat institutlari, harbiy tuzilmalardan sud hokimiyatigacha kirib borgan. Ular haqiqatan siyosatchilarni qo‘rqitishga muvaffaq bo‘lishgan. Biz Qirg‘iziston hukumatiga FeTO nafaqat Turkiyada, balki faoliyat olib boradigan istalgan davlatda xavfli ekanini tushuntirdik. Bu guruhning ta'lim bilan bog‘liq harakatlari darhol bas qilinishi lozim”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining aytishicha, Turkiya “FeTO borasidagi xavotirlarini xalqaro maydonda ma'lum qilishni va boshqa davlatlarni bundan ogohlantirishni davom ettiradi”. Erdo‘g‘anning aytishicha, ayni vaqtda FeTO 160 davlatda faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025
Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025