Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moody’s MDH davlatlari orasida O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal o‘sayotganligini qayd etdi
O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHdagi boshqa davlatlar iqtisodiyotiga nisbatan ancha jadal sur'atlarda o‘smoqda. Davlat xarajatlari, kapital investitsiyalar hamda Rossiyadan mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari tiklanishi hisobiga o‘sishning yuqori sur'ati 2018-2019 yillarda ham saqlanib qoladi. Bu haqda Moody’s agentligining hisobotida aytilmoqda.
Hisobotda aytilishicha, O‘zbekiston bank tizimida dollarizatsiya yuqori darajada bo‘lishiga qaramasdan, davlat banklarida valyuta xatari o‘rtachaligicha qoladi.
Bank aktivlari sifati ham yaxshi holda saqlanib qoladi: iqtisodiyotning o‘sishi, inflyatsiyaning pasayishi va kreditlashning jadal o‘sishi (2018 yilda 30-40%) hisobiga muammoli kreditlar ulushi ilgarigi darajada qoladi.
Aktivlarning o‘sishi va sof foiz marjasi qisqarishi tufayli banklarning daromadliligi va kapital yetarliligi kamayib boradi.
Bank tizimida likvidlik yaxshi darajada saqlanib qoladi, deyiladi hisobotda.
Davlat banklarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi davom etadi, deya xulosa qiladi Moody’s tahlilchilari.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025