O‘zbekiston | 14:57 / 05.09.2018
33966
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (ro‘yxat)

Ko‘ksaroyda o‘tgan muzokaralar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. 

Shuningdek, Ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o‘rtasida turizm, investitsiya, soliq, adliya, qishloq xo‘jaligi, madaniy meros va sport sohalari, tashqi ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha 12ta hujjat imzolandi.

Xususan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida Yoshlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida Sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi;

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va yerlarni o‘zlashtirish vazirligi o‘rtasida Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Misr Arab Respublikasi Investitsiya va xalqaro hamkorlik vazirligi Oliy ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo bitim;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Qadimiy yodgorliklar vazirligi o‘rtasida Arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida Hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim;

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vaziri Amir Nassar Daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risida Hukumatlararo bitimni;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2019/2020 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini hamda Diplomatik pasport egalarini vizadan ozod etish to‘g‘risida Hukumatlararo bitim;

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan Misr Arab Respublikasi Investitsiyalar va erkin hududlar bo‘yicha bosh direksiyasi o‘rtasida Ikki tomonlama investitsiya aloqalarini rivojlantirish sohasida anglashuv memorandumi;

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vaziri Amir Nassar Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo bitimni imzoladilar.

Mavzuga oid