Jahon | 08:01 / 05.09.2018
8757
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela poytaxtida metroda yurish 12,5 ming marta qimmatlashadi

Foto: Getty Images

Venesuela poytaxti Karakas aholisi 10 sentabrdan 2017 yildan beri bepul bo‘lgan metro uchun haq to‘lashga majbur bo‘ladi. E'tiborlisi, metroda yurish 12,5 ming martaga qimmatlashadi.

Poytaxt metrosining ma'lum qilishicha, chiptalar sotilishi 8 sentabrda boshlanadi. Yo‘l haqi 0,5 suveren bolivarni tashkil qiladi, bu qiymat 50 ming eski bolivarga tengdir. 2017 yilda chiptalar sotish bekor qilingunga qadar metroda yurish eski valyutada 4 bolivarni, dollar kursi esa bir necha million bolivarni tashkil qilgan.   

Karakas aholisi yana metroga pul to‘lashiga to‘g‘ri kelishiga qaramay, unda yurganlik uchun yo‘l haqi dunyodagi eng arzonlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki hozirda “qora bozor”da bir dollar 88 suveren bolivarga teng bo‘lmoqda, chipta narxi dollarga chaqqanda 1 sentdan ham kamroqni tashkil qilmoqda.  

2017 yilda chiptalarni sotishdan voz kechish ularni bosish uchun qog‘ozning yo‘qligi hamda yo‘l haqi arzonligi bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid