Sport | 18:30 / 06.09.2018
48103
2 daqiqa o‘qiladi

Ektor Kuper Suriyaga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibni e'lon qildi

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun boshlang‘ich tarkibni e'lon qildi.

Unga ko‘ra, Suriyaga qarshi o‘yinda Ivan Nagayev asosiy hujumchi sifatida harakat qiladi, hujum chizig‘ida «Lokomotiv» futbolchilari Sardor Rashidov, Marat Bikmayev va Husniddin G‘ofurov unga yordam berishadi. 

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Akmal Shorahmedov, Oleg Zoteyev, Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov, Sardor Rashidov, Marat Bikmayev, Husniddin G‘ofurov, Ivan Nagayev.

O‘yin qaydnomasiga shuningdek, zaxira darvozabonlari Eldor Suyunov va Sanjar Quvvatov, himoyachilar Murod Xolmuhammedov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Sardor Sobirxo‘jayev, yarimhimoyachilar Sardor Mirzayev, Eldor Shomurodov, San'at Shixov, Odil Ahmedov, hujumchilar Igor Sergeyev va Temurxo‘ja Abduxoliqov kiritilgan.

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida Ektor Kuper legionerlar, xususan, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov kabi futbolchilar terma jamoa yig‘iniga kech qo‘shilishgani uchun Suriyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda bo‘lishi ehtimoli kamligini bildirgandi.

Mavzuga oid