Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida qo‘pol hazil qilganlar qat'iy jazolanadi
Saudiya Arabistonida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari din mavzusidagi hajviy postlar uchun qamalishlari mumkin bo‘lgan yangi qonunlar kiritildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni prokuraturasining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilingan, deb xabar berdi The Independent nashri.
“Ijtimoiy tarmoqlarda mazax qilish, ig‘vo qilish, jamoat tartibini buzuvchi, diniy qadriyatlar va ma'naviyatga putur yetkazuvchi mazmundagi kontentni yaratish va tarqatish kiberjinoyatchilik deb baholanadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Bunday kontentni tarqatish va shu orqali “jamoat tartibini buzishda” aybdor deb tan olingan odamlar 5 yilgacha qamoq jazosi olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ular 3 mln rial (800 ming dollar) miqdorida jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Nashrning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni aholisi Yaqin Sharq davlatlari aholisi o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlardan eng faol foydalanuvchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025