Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlar daromadlari bo‘yicha hisobotning yangi shakli tasdiqlandi
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, bozorlar tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha hisobotning yangi shakli tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Bozorlar tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha hisobot shakli yangisiga almashtirildi. Eskisidan farqli ravishda, u 2 qismga bo‘lingan:
• Dehqon (oziq-ovqat) bozori tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
• Savdo kompleksi tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Ilgari bozorlar ham, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51%dan kam bo‘lmagan savdo komplekslari ham birgina shakl – Bozor tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘ldirar edi.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi
16:07 / 28.02.2025