Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda fuqaro o‘z buvisini urib, 4 ming dollarni o‘g‘irlab ketdi
Shu yil 6 sentabr kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi R.M. “Nodira” MFYda yashovchi buvisi T.E.ning uyidan 4 400 AQSh dollari va 2 mln 700 ming so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib chiqib ketayotganida uni ko‘rib qolgan buvisi qarshilik ko‘rsatgan vaqtida R.M. uning yuziga qo‘li bilan urib, pullarni talonchilik yo‘li bilan olib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025