Elektron to‘lov tizimi orqali 20 mln so‘mdan ziyod pulni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Shu yil 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi L.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 11 iyun kuni noma'lum shaxs uning nomiga “Ipoteka” bankidan ochilgan plastik kartochkasi hisobidan elektron to‘lov tizimi orqali 20 mln so‘mdan ziyod pulini yechib olganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Asaka shahrida yashovchi B.I. va akasi G‘.I. hamda Asaka tumanida yashovchi D.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
21:23 / 21.11.2024
Toshkent viloyatida hojatxona uchun qazilgan chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024