Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon «Kinjal» raketalari qotilini o‘ylab topishga qaror qildi

Foto: RIA Novosti
AQSh Mudofaa vazirligining Ilmiy agentligi (DARPA) Rossiyada gipertovushli «Kinjal» raketalari yaratilishiga javoban Glide Breaker tutib oluvchi kontseptini ishlab chiqdi. Bu haqda The Drive yozmoqda.
G‘oya shundan iboratki, bunda kichik uchar qurilma tahdidga «kinetik ta'sir ko‘rsatadi» - jangovar kallakka ega bo‘lmaydi, biroq obektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berish orqali urib tushiradi. Nashrning aniqlik kiritishicha, ishlanma «bir o‘q bilan boshqa bir o‘qni urib tushirish harakatini eslatib yuboradi».
Parvozning oxirgi bosqichida gipertovushli raketalarni tutib olish deyarli imkonsiz. Bu raketa kursi havo hujumidan mudofaa vositalari bilan hisoblab chiqilganiga qaramay yuz beradi. «Glide Breaker dasturining maqsadi shundan iboratki, u dushmanni muvaffaqiyat kafolatlaridan mahrum qilishi va u tomonidan gipertovushli qurol qo‘llangan taqdirda noaniqlik kiritishi kerak», - deya ma'lum qilishgan DARPA’dan. Ular kontsept haqida batafsil ma'lumot taqdim etishmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda «aldamchi raketa» sinovdan o‘tkazilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi

23:31 / 29.04.2025