Skripallar ishi. Jyeneva shahrining muhim o‘rni aniqlandi

Foto: Metroplitan Police
Britaniyalik tergovchilar GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumon qilayotgan rossiyaliklar Yevropaga o‘nlab marotaba parvoz qilishgan. Bu haqda The Telegraph gazetasi Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Chiptalarga ko‘ra, Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov taxallusidan foydalangan erkaklar ko‘proq Jyenevaga tashrif buyurishgan. Hammasi bo‘lib ular u yerda bir necha hafta bo‘lishgan. Britaniya tomonining fikriga ko‘ra, ular Jyenevada kim bilan uchrashganini aniqlash endi «hozirda davom etayotgan tergovga mutlaqo kalitdir».
Avvalroq, rossiyaliklar Britaniya vizalarini olish uchun Sankt-Peterburgdan bo‘lgan tadbirkorlar sifatida o‘zini tanishtirishgani ma'lum bo‘lgandi. Ularning haqiqiy ismlari oshkor etilmayapti, biroq Londonning ta'kidlashicha, bu tergovga allaqachon ma'lum.
The Daily Telegraph’ning aniqlik kiritishicha, gumonlanuvchilarning ismlari undan avval ham ma'lum bo‘lgan, ammo Britaniya tomoni Rossiyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionati tufayli buni ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarni zaharlagan shaxslar tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025