O‘zbekiston | 19:18 / 08.09.2018
12999
1 daqiqa o‘qiladi

The Guardian nashri palovni eng yaxshi ko‘cha taomlari ro‘yxatiga kiritdi

Foto: KUN.UZ

Britaniyaning The Guardian nashri o‘zbek palovini eng yaxshi ko‘cha taomlari o‘nligiga kiritdi.

«O‘zbekistonning qayerida bo‘lmang, ochiq olovda tayyorlanadigan palov mamlakatning hamma joyida uchraydigan ko‘cha taomiga o‘xshaydi. U asosan guruch, go‘sht va sabzavotlardan tayyorlanadi. Toshkentning markaziy oziq-ovqat bozorida yurar ekanmiz, uzun o‘rindiqda tushlik qilib o‘tirgan mehmondo‘st ishchilar bizga bu mazali taomdan totib ko‘rishni taklif qilishdi. Mehmondo‘stlikning ajoyib namunasi», - deyiladi maqolada.

Mazkur ro‘yxatdan shuningdek, fransuzcha quymoq, rumincha bo‘g‘irsoq, nepalcha lag‘mon, meksikancha baliq va bangkokcha cho‘chqa go‘shti o‘rin olgan.

Mavzuga oid