Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Bangkokda ushlab turilgan 4 nafar fuqaro masalasiga o‘z munosabatini bildirdi
KUN.UZ saytida joriy yil 5 sentabr kuni HY 533 reysi bilan Bangkokka sayohat qilish maqsadida uchib borgan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi - Q.S, J.Q, A.I, A.A aeroport xodimlari tomonidan Tailandga kiritilmagani haqidagi maqola e'lon qilingan edi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, shu kunning o‘zida vaziyatni voqea joyining o‘zida o‘rganish va zarurat bo‘lsa konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Bosh konsulxona xodimi Bangkok shahri aeroportiga borgan. Tailand immigratsiya xizmati bo‘linmasining rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur fuqarolarning mamlakatga kirishlariga rad javobi berilishiga ular tomonidan tashrif maqsadi, yashash joyi to‘g‘risida taqdim etilgan ma'lumotlarning shubha tug‘dirgani sabab bo‘lgan.
«Hozirgi vaqtda Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini navbatdagi aviareys bilan O‘zbekistonga qaytarish uchun Tailand tegishli hokimiyat organlari va «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi», deyiladi TIV taqdim etgan ma'lumotda.
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandida elchixonaning asosiy vazifa va funksiyalari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra elchixona joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini xalqaro huquq yo‘l qo‘ygan doiralarda himoya qilishi lozim.
Shuningdek, mazkur bandda elchixona joylashgan davlatdagi shart-sharoitlar va voqealarni barcha qonuniy vositalar bilan aniqlashtirishi joizligi ham ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
23:57 / 02.05.2025