Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga qo‘shimcha harbiy kuchlarini tashladi
Pentagon Suriya janubi-sharqidagi amerikaparast kuchlarning Et-Tanf fortpostiga dengiz piyodalari qismlarini jo‘natdi. Bu harakat Rossiya harbiy havo kuchlari ushbu hududdagi jangarilarga hujum qilishi haqida ogohlantirganidan keyin ro‘y bermoqda.
Amerika nashrlari ma'lumotlariga ko‘ra, IShIDga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya bazasiga yana 100 nafardan ortiq harbiy keltirilgan.
Ayni vaqtda Et-Tanf bazasi atrofida 55 kilometrlik «qurolli to‘qnashuvlardan xoli hudud» tashkil etilgan. Bazada amerikalik, britaniyalik va norvegiyalik, jami 600 nafardan ortiq harbiy joylashtirilgan. Bu yerda shuningdek, Iordaniya maxsus xizmati vakillari ham bor. Bu harbiylar Suriya muxolifatini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu yerdagi Amerika maxsus xizmatlari jangchilari soni shu paytga qadar 100 nafardan ortiqni tashkil etardi.
Pentagon rasmiysi ma'lumotiga ko‘ra, keyingi haftada Rossiya tomoni amerikalik harbiylarni shu hududga yashiringan IShID jangarilari ustiga aviazarbalar berishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani to‘g‘risida ikki marta ogohlantirgan.
«Qo‘shma shtatlar ruslar, Suriya hukumati qo‘shinlari va mamlakatdagi fuqarolik urushini olovlantirayotgan boshqa kuchlar bilan urushishni istamaydi. Ammo Qo‘shma shtatlar ushbu hududdagi amerikalik harbiylar, koalitsiya kuchlari va ittifoqchilar himoyasini kuchaytirishni davom ettiradi», deydi AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakili podpolkovnik Edl Braun.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
23:31 / 29.04.2025
Pentagon ayollar huquqlarini kengaytirish dasturini yopdi
21:11 / 24.04.2025