Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Vodiy viloyatlari “Xalqaro maqom san'ati anjumani”da
Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahrida o‘zgacha shukuh bilan o‘tayotgan “Xalqaro maqom san'at anjumani”ga vodiyning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati delegatsiyalari o‘zgacha taraddud bilan tashrif buyurdi. San'at ustalari mahoratlarini o‘zlariga ajratilgan maydonda va katta sahnada namoyish etishmoqda. Anjuman doirasida har uch viloyat o‘z milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi hunarmandchilik mahsulotlaridan namunalar, oshpazlik san'ati va hududning turizm salohiyatini ham mehmonlar e'tiboriga havola qilyapti.
Andijon viloyatiga ajratilgan maydondan o‘rin olgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining kirish arki, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi milliy bog‘, Registon maydoni, Asakadagi “Cho‘ntak” choyxonasi, choynak piyola singari ramzlarning o‘rnatilishi bir ko‘rishdayoq uning Andijonga tegishli ekanligini aks ettirgan.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan san'at anjumanida viloyatdan 150 ga yaqin maqomchilar, milliy urf odat an'analarimizdan lapar, katta ashula, o‘lan ijrochilari, Andijon polkasi raqqos yigitlari, askiyachilar, karnay surnaychilar, sozandalar, raqqosalar, hunarmandlar, oshpazlar, dorbozlar va boshqalar ishtirok etmoqda.
Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi maqom ansambli 36 nafar xonanda va sozandadan iborat guruh bilan tashrif buyurgan. Ansambl dasturidan azaldan ustozlar tomonidan ijro etilib kelgan ashulalar, hamda “Sarahbori Buzruk” maqomidan “Nasrulloi taronalari”, shuningdek vodiyga hos “Tanovar”lar o‘rin olgan. Shu bilan birgalikda “Sarahbori navo” taronalari ham ijro etilmoqda. Anjumanga ansambldan tashqari hunarmandlar ham tashrif buyurgan.
“Xalqaro maqom san'ati anjumani”da Namangan viloyatidan ham maqom ustalari ishtirok etmoqda. Bundan tashqari hududning o‘ziga hos jihatlari jamuljam bo‘lgan maydon bezatilgan.
Axrorbek Yoqubjonov
Mavzuga oid
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
16:41 / 14.03.2025