Jamiyat | 20:53 / 10.09.2018
32347
2 daqiqa o‘qiladi

My5 kanalida yangi serial: autizmga chalingan “G‘aroyib doktor”!

2018 yil 17 sentabrdan boshlab “G‘aroyib doktor” teleseriali soat 19:10 da “Mening yurtim” telekanalida o‘zbek tilida namoyish etila boshlanadi.

Teletomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Doktor Xaus haqida suratga olingan “Xaus” seriali ijodkorlari tomonidan yaratilgan (Xoroshiy doktor / The Good Doctor) “G‘aroyib doktor” teleseriali jahon kino auditoriyasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu serial global qidiruv tarmoqlarida 98% ovoz bilan eng ko‘p qidiruvga berilgan bo‘lib, autizm kasalligiga chalingan g‘ayritabiiy iqtidorga ega  Shon Myorfi haqida hikoya qiladi.  Shon Myorfining bolaligi og‘ir o‘tishga qaramasdan u o‘zidagi noyob qobiliyatni yuzaga chiqara oldi. Unda autizmdan tashqari  savanta sindromi ham bo‘lib, bu holat unga qarshi nufuzli shifokorlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan u o‘ta kuchli xotirasi va iste'dodi bilan meditsina sohasida kutilmagan muvafaqqiyatlarga erishadi.
 

Yosh bo‘lishiga qaramasdan San-Xose shahridagi mashhur San-Bonaventura kasalxonasining jarrohlik bo‘limiga ishga olinadi. Bu yosh jarrohga hamkasblari o‘zlarining an'anaviy bilim va tajribalari bilan qarshi bo‘lsalar-da Shon o‘zining noan'anaviy usullari bilan barchani lol qoldiradi.

Serial ijodkorlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ssenariy muallifi- Devid Shor, rejissyorlar- Mayk Listo, Set Gordon, Larri Teng va Maykl Patrik, rollarni- Freddi Xaymor, Antoniya Tomas, Nikolas Gonsales, Chuku Modu, Bo Garret, Xill Xarper va boshqalar ijro etishgan.

Serialning bosh qahramoni Shon Myorfi rolida Freddi Xaymor suratga tushgan.

Mavzuga oid