Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z uyini sotaman deb firibgarlik qilgan ona-bola qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
7 sentabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil iyul oyida A.G. ismli ayol va birga yashovchi o‘g‘li L.G. o‘zlari yashab kelgan uyni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi S.T.ni nomiga meros sifatida o‘tkazib, S.T.ning doimiy propiskasi bo‘lmaganligi sababli uyni uning nomiga rasmiylashtirish imkoni yo‘qligini bila turib, undan aldov yo‘li bilan 64 000 AQSh dollarini olgan va S.T. respublika hududida bo‘lmaganligidan foydalanib, uyni boshqa shaxsga sotib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ona-bola qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025