Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA yangi qoida joriy etishi mumkin, bundan «Chelsi» va «Yuventus» eng ko‘p zarar ko‘radi
FIFA klublarning ijaraga berishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilari soniga cheklov o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bild xabar bergan.
FIFA mutasaddilari ushbu taklifni ma'qullasa, klublar eng ko‘pi bilan 8 futbolchini ijaraga berishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bir jamoa ikkinchisiga 4 nafardan ortiq o‘yinchisini ijaraga berishi ham taqiqlanishi mumkin. Bunda klublarning 21 yoshga to‘lmagan o‘z tarbiyalanuvchilari istisno sanaladi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ushbu tartib joriy etilgan taqdirda u ayniqsa «Chelsi» va «Yuventus» klublariga daxldor bo‘ladi. Joriy mavsumda London klubining 40 nafar o‘yinchisi ijara huquqi asosida boshqa jamoalar sharafini himoya qilmoqda. Turinliklar esa 26 a'zosini ijaraga qo‘yib yuborgan.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
21:06 / 10.03.2025